Mutaxassis koronavirusga qarshi immunitetni mustahkamlash yo‘llari haqida ma'lum qildi
Har qanday odam o‘z odatlarini o‘zgartira olsa, koronavirusga qarshi shaxsiy himoya darajasini oshira oladi.
Rossiyaning Virusli infeksiyalar profilaktikasi va ularni davolash ilmiy-axborot markazi direktori Georgiy Vikulov immun tizimi har qanday virusdan asosiy himoya ekanini eslatib o‘tgan va uni mavsumiy kasalliklarga tayyorlash o‘z qo‘limizda ekanini aytgan.
Buning uchun muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish lozim. Biroq bunda ham me'yorga amal qilish kerak. Haddan ortiq jismoniy faollik ham kam harakatli turmush tarzi kabi immunitetga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. “Haddan ortiq zo‘riqish kuchli stress omili bo‘lib, u distressga aylanib, endokrin mexanizmlar orqali ko‘plab immunologik reaksiyalarni yo‘qqa chiqarishi mumkin”, deb tushuntirgan mutaxassis.
Me'yoridagi jismoniy faollik bilan birga ovqatlanishdagi odatlar ham muhimdir. Immunologning ta'kidlashicha, immunitetga yurak-tomir tizimining holati ham ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu tizimning holati esa xolesterin miqdoriga bog‘liq. Shu sababli yog‘li taomlarni iste'mol qilishdan qochish lozim. Shuningdek, tamaki chekish va spirtli ichimliklar ichish kabi zararli odatlarni tashlash zarur.
Avvalroq sovqotish immunitetning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini zaiflashtirishi ma'lum qilingandi. Shu sababli koronavirusga chalinish darajasi oshganda issiqda qolish muhim hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:28 / 07.10.2024
Olimlar infeksiyadan so‘ng immunitet pasayishiga sabab bo‘ladigan mexanizmni o‘rgandi
09:38 / 22.08.2024
Aholining aksariyat qismida maymunchechakka qarshi jamoaviy immunitet bor - Sanepidqo‘mita
16:43 / 14.08.2024
Maktab mavsumi arafasida shifokor o‘quvchilar immunitetini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi
22:17 / 31.05.2024