Iqtisodiyot | 16:46 / 20.10.2020
2545
2 daqiqa o‘qiladi

XVJ: Raqamli pul ham foyda, ham xavf keltirib chiqaradi

Xalqaro valuta jamg‘armasi dushanba kuni markaziy banklarning raqamli valutalarni rivojlantirishga intilishi global va mahalliy darajadagi xavf va foydalarni o‘z ichiga oladi deya fikr bildirgan.

Xalqaro moliya tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ichki va xalqaro operatsiyalar uchun raqamli valutalarning yangi shakllarini qabul qilish ehtimolini oshirgan.

Bularga markaziy bankning raqamli valutalari (CBDC) va yirik texnologik kompaniyalar tomonidan taklif qilingan global barqaror tangalar (GSC) kiradi.

Bu raqobatni kuchaytiradi, tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradi, xizmatlarga kirishni kengaytiradi va mobil qurilmalar orqali moliyaviy ishtirokni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, CBDC va GSC transchegaraviy to‘lovlarni kamroq xarajat qilishi va uy xo‘jaliklari va kichik firmalar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni osonlashtirishi mumkin», deyilgan hisobotda.

Biroq bu mahalliy hukumatlarning pul-kredit siyosatini olib borish va ichki moliyaviy sharoitlarni nazorat qilish qobiliyatini pasaytirishi ham mumkin.

«Xorijdan raqamli pulni qabul qilish xavf va siyosiy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Tegishli choralarsiz xorijiy CBDC va GSC noqonuniy oqimlarni osonlashtirishi mumkin va bu tartibga solish organlari tomonidan valuta cheklovlari va kapital oqimini boshqarish choralarini amalga oshirishni qiyinlashtiradi», deya ta'kidlangan hisobotda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid