Sport | 18:33 / 22.10.2020
5056
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 1 yil deganda o‘sishga erishdi

Foto: KUN.UZ

FIFA oktabr oyidagi o‘yinlar yakuniga ko‘ra, milliy jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi bu safargi reytingda nihoyat bir pog‘ona ko‘tarilishga erishgan. 2019 yilning oktabr oyida 88-o‘rindan 85-o‘ringa ko‘tarilgan O‘zbekiston milliy jamoasi 12 oy davomida 85-o‘rinda qolgandi. 

Oktabr oyidagi Eron (1:2) va BAAga (2:1) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlarida bir mag‘lubiyat va bir g‘alabaga erishgan vakillarimiz bu safar 84-o‘rinda qayd etilgan.

O‘zbekiston milliy jamoasi Yaponiya (27), Eron (29), Janubiy Koreya (38), Avstraliya (42), Qatar (57), Saudiya Arabistoni (67), Iroq (70), BAA (74), Xitoy (75), Suriya (79), Ummon (82) milliy jamoalardan keyin Osiyoda 12-o‘rinda bormoqda.

Umumiy reytingda peshqadamlar to‘rtligi o‘zgarmagan - Belgiya, Fransiya, Braziliya va Angliya.

FIFA oktabr oyi reytingi o‘nligi: 

1 (1). Belgiya – 1765 ochko

2 (2). Fransiya – 1752

3 (3). Braziliya – 1725

4 (4). Angliya – 1669

5 (5). Portugaliya – 1661

6 (7). Ispaniya – 1639

7 (6). Urugvay – 1637

8 (9). Argentina – 1636

9 (8). Xorvatiya – 1634

10 (10). Kolumbiya – 1631.

Mavzuga oid