AQSh hukumati remdesivir bilan koronavirus bemorlarini davolashga to‘la ruxsat berdi
Klinik sinovlarga asoslanib, remdesivir davolanish muddatini 5 kunga qisqartirishi ma'lum qilindi.
Qo‘shma Shtatlarda remdesivir preparatidan ambulator sharoitda foydalanishga to‘la ruxsat berildi. AQSh Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasining aytishicha, preparat koronavirusdan tuzalish muddatini 5 kunga qisqartiradi. Dori Qo‘shma shtatlarda maydan buyon favqulodda vaziyatlarda ishlatilish huquqiga ega edi.
Remdesivirni 12 yoshdan katta va vazni kamida 40 kilogramm bo‘lgan bemorlarga berish mumkin. Dorining 5 kunligi, ya'ni bir kursi xususiy sug‘urtalovchilar tomonidan 3,120 dollardan, davlat yetkazib beruvchilari tomonidan 2,340 dollardan sotilmoqda.
Bu dori shu oyning boshida koronavirusdan davolangan prezident Donald Trampga ham berilgan.
“Remdesivirning tan olinishi tasodifiy tanlangan yengil va og‘ir holatdagi koronavirus bemorlari bilan 3ta klinik sinovdan o‘tkazildi. Dori o‘zining muhim jihatlarini namoyon qila oldi. Tadqiqotlardan biri remdesivir kasallikdan tuzalish muddatini 15 kundan 10 kunga tushirishini ko‘rsatdi”, - deb izoh bermoqda Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi.
Avvalroq JSST remdesivir 6 oyda davomida dunyoning 30 dan ortiq davlatida tadqiq qilinganini, unga 11 mingdan ortiq bemor jalb etilganini va dori COVID-19 bemorlarini davolashda samarasiz deb topilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024