Jahon | 09:17 / 23.10.2020
9770
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShga Tayvan sababli qasos olish bilan tahdid qilmoqda

Foto: Reuters

Xitoy payshanba kuni Tayvanga qurollar sotganligi uchun AQShga qasos olish bilan tahdid qilgan. Tayvan Pekin bilan qurollanish poygasiga kirishmoqchi emasligini ta'kidlagan bo‘lsa-da, qurollarni mamnuniyat bilan qabul qilgan.

Tramp ma'muriyati Tayvanni qurol-yarog‘ savdosi va AQShning yuqori lavozimli mulozimlari tashrifi orqali qo‘llab-quvvatlagan. Bu esa Janubiy Xitoy dengizi va Gonkongdagi inson huquqlari va savdo masalalari yuzasidan allaqachon paydo bo‘lgan Pekin va Vashington o‘rtasidagi ziddiyatlarni yanada kuchaytirgan.

Pekin Xitoy suverenitetini qabul qilish uchun demokratik yo‘l bilan boshqariladigan Tayvan bo‘ylab, shu jumladan, norasmiy tampon vazifasini o‘taydigan Tayvan bo‘g‘ozining o‘rta chizig‘i bo‘ylab qiruvchi samolyotlar orqali bosimni kuchaytirgan.

AQShning Tayvanga 1,8 milliard dollarlik potensial qurol-yarog‘ savdosini ma'qullashiga javoban Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chao Lijian kundalik yangiliklar brifingida bunday savdolarni to‘xtatish kerakligini aytgan.

Savdolar «Xitoyning ichki siyosatiga aralashish hisoblanib, Xitoyning suvereniteti va xavfsizlik manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi, Tayvan mustaqilligi uchun kurashayotgan kuchlarga noto‘g‘ri signal beradi, Xitoy va AQShning Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik-barqarorlik munosabatlariga putur yetkazadi», – degan u.

«Xitoy vaziyat qanday rivojlanishiga qarab qonuniy va zaruriy javob qaytaradi», – deya qo‘shimcha qilgan Chao.

Chao tafsilotlarga to‘xtalmagan, ammo Xitoy ilgari AQSh kompaniyalariga Tayvanga qurol sotganligi uchun sanksiyalar kiritgan edi.

AQShning so‘nggi rusumdagi qurol-yarog‘lar to‘plami datchiklar, raketalar va artilleriyalar, shuningdek, General Atomics tomonidan ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchar qurilmalar va qirg‘oq mudofaachisi sifatida xizmat qiladigan Boeing Co tomonidan ishlab chiqarilgan kemalarga qarshi Harpun quruqlikdagi raketalar tizimi bo‘lib, ular kongressning keyingi xabarnomalarida o‘z tasdig‘ini topishi kutilmoqda.

Taybeyda Tayvan Mudofaa vaziri Yen De-fa Qo‘shma Shtatlarga minnatdorchilik bildirgan va qurollar Tayvanga «dushman tahdidi va favqulodda vaziyat» bilan kurashish uchun mudofaa qobiliyatini yaxshilashga yordam berishini aytgan.

Mavzuga oid