Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada ketma-ket ikki kun COVID-19'ga oid antirekord qayd etildi
Bir kun oldin mamlakatda 19 mingdan ortiq koronavirus bemorlari aniqlandi – bu epidemiya boshlanganidan beri mutlaq antirekord hisoblanadi. Kecha Italiyada COVID-19'ning 19 143ta yangi holati tasdiqlandi, bu pandemiya boshlanganidan buyon eng katta ko‘rsatkich. Bu haqda 23 oktabr, juma kuni La Repubblica xabar bergan.
Shu bilan birga, kuniga 182 032 ta sinov o‘tkazilgan, bu pandemiya boshlanganidan beri eng katta ko‘rsatkich. Avvalgi antirekord bir kun oldin qayd etilgan edi – 16 079 holat. Italiyada kasallik yuqtirganlarning umumiy soni 484 869 kishiga yetgan.
Shu bilan birga, bugungi kunda o‘lim darajasi oldingi kundan kam – 96ta. Bu mart va aprel oylarida pandemiyaning birinchi to‘lqini paytida kuzatilgan o‘lim sonidan ancha past.
Lombardiyada yangi holat deyarli 5 mingtaga yetadi. Viloyat bahorda pandemiya o‘chog‘i bo‘lgan edi. Kasallik soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Kampaniya (2280) va Pemont (2032) egallagan.
Hozir Italiyada 10549 bemor (+855) virus alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va 1049 nafari intensiv terapiyada (+57). 174 ming bemor uy sharoitida, 2352 kishi sog‘aygan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya shaharlari merlari mustaqil ravishda komendantlik soati o‘rnatishi mumkin. Italiyada COVID-19 kasalligi sonining keskin o‘sishi sababli ommaviy ovqatlanish joylariga cheklovlar qo‘yilgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025