Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Shermatov: «Ta'lim sohasidagi islohotlar o‘zining mevasini juda ko‘p vaqtdan keyin beradi»
AOKAda mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan prezident farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ta'lim sohasidagi islohotlar o‘z natijasini berishi uchun vaqt talab etilishi haqida gapirdi.
«Ilgari bayram tadbiri bo‘lsa, «Turkiston» saroyida o‘tkazilardi. Aksariyat o‘qituvchilarimiz esa paxta dalasida bo‘lardi. Bu yil o‘ziga xos juda katta tadbir o‘tkazildi va bu tadbirda prezidentimizning o‘zi chiqib, katta dasturiy islohotlarni belgilab berdi.
Ta'lim sohasi shunday sohaki, undagi islohotlar o‘z mevasini juda ko‘p vaqtdan keyin beradi. Ko‘chalarda savodsiz yozuv, reklamalarni ko‘rganimizda «mana, ta'lim yomon», deb gapiramiz. Aslida, bu yillar davomidagi ishlar oqibati: o‘qituvchilar ko‘cha supurgan, paxta tergan, o‘qituvchini hammaga xizmat qiladigan darajaga tushirib qo‘ygan edik.
Oxirgi yillarda davlat rahbarining siyosiy irodasi tufayli o‘qituvchilar obro‘sini ko‘tarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlandi», – deya Sherzod Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi
18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi
09:05 / 15.03.2024
“Amerikaga qilingan umumiy eksportning yarmidan ko‘pi IT kesimiga to‘g‘ri keladi” – Sherzod Shermatov
12:12 / 05.01.2024