Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston chet eldagi ayrim aktivlarini sotish, ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berishni rejalashtirmoqda
Prezident «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmon imzoladi.
Farmonga asosan, 2020 yil 1 dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish, shu jumladan ularni sotish, ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
3 oy muddatda davlat ulushi ustun mavqega ega korxonalar va tijorat banklarining asosiy faoliyatiga mos bo‘lmagan aktivlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ularni ommaviy savdolar orqali sotish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi.
2021 yil 1 fevralga qadar, xorijiy tajribani o‘rgangan holda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatiga tashqi boshqaruvni joriy etish hamda ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish bo‘yicha ham takliflar ishlab chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda quyidagilarni tasdiqlash yuklatildi:
- tugatish yoki bankrotlik taomillarini qo‘llash tashabbusi bilan chiqiladigan istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati;
- muassasa sifatida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati;
- filial ko‘rinishida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati;
- davlat ulushi saqlab qolinadigan korxonalar ro‘yxati.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
14:02 / 16.11.2024