Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada AQSh bombardimonidan jabrlanganlarga 5 ming dollardan to‘lanishi mumkin
Yaponiya parlamentidagi turli partiya deputatlari AQSh bombardimonidan jabrlanganlarga 5 ming dollarga yaqin to‘lov to‘lash yuzasidan qonun qabul qilmoqchi. Bu haqda Kyodo nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, har bir ruhiy va jismoniy jabr ko‘rgan yaponiyaliklarga 500 ming iyenadan [4778 AQSh dollari yoki 49,5 million so‘m] pul to‘lanishi kutilmoqda.
Gap AQSh harbiy aviatsiyasi tomonidan 1945 yilda Tokioda amalga oshirilgan bombardimon haqida ketmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘shanda 100 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan, millionlab odamlar uysiz qolgan. Ushbu voqea tarixda eng vayronkor hujumlardan biri sifatida qolgan.
Qonun loyihasi yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025