Ginness rekordi: Xitoylik erkak usti rekord og‘irlikdagi asalarilar bilan qoplandi (video)

Xitoyda Juan Lyanmin ismli erkak boshdan-oyoq jami og‘irligi 63 kilogramm keladigan tirik asalarilar bilan qoplab chiqildi va Ginness rekordi qayd etildi. Ushbu rekord urinish videosi Guinness World Records’ning Facebook’dagi sahifasida joylashtirildi.
Videoda himoya kiyimisiz bo‘lgan erkak ustiga tog‘oralarda minglab asalari to‘kilayotganini va hasharotlar erkakning ustini to‘liq qoplaganini ko‘rish mumkin. Bu vaqtda erkak elektron tarozi ustida turgan va uning ustidagi asalarilar og‘irligi 63 kg chiqqan.
Mavzuga oid

17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi

00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025