Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati BAAga 50 dona F-35 qiruvchi samolyoti sotilishini qo‘llab-quvvatladi
Manbalarning ma'lumot berishicha, shartnoma qiymati 10,4 mlrd dollarni tashkil etadi.
AQSh davlat departamenti kongressga Lockheed Martin kompaniyasining 50 dona F-35 qiruvchi samolyoti Birlashgan Arab Amirliklariga sotilishini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Agentlik manbalarining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, shartnoma qiymati 10,4 mlrd dollarni tashkil etadi.
Avvalroq Isroil F-35 qiruvchilari yetkazib berilishiga qat'iy qarshi chiqqandi. 23 oktabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Beni Gans Vashingtonning BAAga qiruvchi samolyotlar sotishiga e'tiroz bildirmaslikka qaror qilishdi.
F-35 – yadro qurolini tashiy oladigan qiruvchi samolyot bo‘lib, uni yaratish loyihasida AQSh bilan birga sakkizta davlat ishtirok etgan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025