Jamiyat | 16:37 / 29.10.2020
18489
1 daqiqa o‘qiladi

IIV ijtimoiy tarmoqlarda islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qilish oqibatlaridan ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ma'lumotlar tarqalayotganiga e'tibor qaratdi. Vazirlik matbuot xizmati islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ma'lumotlar tarqatish qonunchilikda javobgarlik belgilanganidan ogohlantirgan.

«Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ma'lumotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-modda (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish), 244 prim 3-modda (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)larida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida ogohlantiramiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini (jurnalist, bloger va fuqarolar) omma e'tiboriga havola qilinayotgan ma'lumotlarni, avvalo, qonunga xilof emasligini o‘rganib chiqishingizni so‘raymiz», – deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid