O‘zbekiston | 10:59 / 29.10.2020
28869
4 daqiqa o‘qiladi

«Qishloq qurilish bank"ning “Olamshumul” aksiyasi davom etmoqda

ATB “Qishloq qurilish bank” 2020 yilning 1 fevralidan bankning Humo plastik kartalari foydalanuvchilari o‘rtasida “Olamshumul” aksiyasini o‘tkazib kelmoqda. Naqd pulsiz amaliyotlarning ommabopligini oshirish, mijozlarni tizimli rag‘batlantirib borish maqsadida e'lon qilingan aksiya g‘oliblari har oy yakuniga ko‘ra aniqlanib, ularga turli qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Aksiyada 18 va undan yuqori yoshda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Unda qatnashish uchun ATB “Qishloq qurilish bank”ning filialidan Humo plastik kartochkalarini olish  va  plastik kartada har  oy yakuniga ko‘ra, eng kamida 500 ming so‘m qoldiq summani saqlab yurish talab etiladi. Ya'ni butun oy davomida Humo plastik kartochkangizda eng kamida 500 ming so‘mga teng mablag‘ bo‘lishi lozim.

Aksiya ikkita holat bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

“Oylik aksiya”  plastik karta qoldig‘i bir oyda (kalendar kunlari) 500 ming so‘m va undan yuqori bo‘lgan mijozlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Agarda ushbu shart bajarilsa, tanlab olish yo‘li bilan g‘olib mijoz aniqlanadi va g‘olibga aksiya sovrini taqdim etiladi.

G‘oliblar 10 mln so‘mlik pul yutug‘i, XIAOMI Note 7 smartfoni, Artel Smart LED televizori hamda jami 570 dan ortiq fleshka, quloqchin, PowerBank va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

“Super aksiya” – bunda oylik aksiya ishtirokchilari orasidan tanlab olish yo‘li bilan g‘olib aniqlanadi. Agarda ushbu shart (oylik aksiya ishtirokchisi bo‘lish) har oy davomida bajarilsa, mijozning yutish imkoniyati ortib boradi. Ya'ni 1 marotaba oylik aksiyaga qatnashish 1 ta imkoniyat, 10 bora qatnashilsa, imkoniyat 10 barobar ortadi.

“Super aksiya” g‘olibiga bosh sovrin – “Shevrolet Gentra” avtomobili taqdim etiladi.

“Oylik aksiya”ning g‘olib va sovrindorlari bir oyda bir marta, har oyning o‘ninchi ish kunigacha hamda “Super aksiya”ning g‘olibi aksiya muddati tugagandan so‘ng internet tarmog‘idagi random.org veb-sayti (dasturi) orqali tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

“Olamshumul” aksiyasi shartlari va tartibi to‘g‘risidagi to‘liq ma'lumotlarni bankning www.qqb.uz rasmiy veb-saytidan va +99878 150-93-39 telefon raqami orqali olish mumkin.

Fursatni qo‘ldan boy bermang, ATB “Qishloq qurilish bank”ning o‘zingizga yaqin bo‘lgan filialidan Humo plastik kartochkalarini rasmiylashtiring va aksiyada ishtirok eting!

“Olamshumul” aksiyasining olamshumul sovg‘alari sizni kutmoqda!

Eslatib  o‘tamiz, aksiyaning pandemiya tufayli o‘tkazilmay qolgan ikki oyi (may, iyun) umumiy muddatga qo‘shilib, 2021 yilning aprel oyigacha uzaytirildi.

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid