Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish vaqtincha to‘xtatildi - Reuters
Vaksina sinovlarini o‘tkazishda yordam berayotgan Crocus Medical kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, «Sputnik V»ga bo‘lgan talab «yuqori» va vaksina ishlab chiqarish sur'ati bu talabni qondirishga yetmayapti.
Rossiyada ko‘ngillilarni koronavirus infeksiyasiga qarshi mo‘ljallangan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar bermoqda Reuters. Agentlikning ma'lumot berishicha, bunga preparat yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Vaksina sinovlarini o‘tkazishda yordam berayotgan Crocus Medical kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, «Sputnik V»ga bo‘lgan talab «yuqori» va vaksina ishlab chiqarish sur'ati bu talabni qondirishga yetmayapti. Agentlikning bildirishicha, yangi ko‘ngillilarni emlash 10 noyabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.
Vaksina sinovlari o‘tkazilayotgan Moskvadagi sakkizta klinika xodimlari yangi ko‘ngillilarni emlash to‘xtatilganini tasdiqlagan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash yil oxirigacha boshlanishiga umid bildirgandi.
Rossiyada hozirda COVID-19’ga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «Sputnik V» vaksinasi avgustda, «EpiVakKorona» deb nomlangan ikkinchi vaksina oktyabrda ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024