Jahon | 16:04 / 31.10.2020
7192
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Marsda Yerdagi qonunlar tan olinmasligini ma'lum qildi

SpaceX kompaniyasining egasi Ilon Mask Mars sayyorasida asos solish rejalashtirilayotgan koloniyada yerdagi qonunlar ishlamasligini bildirdi. Daily Mail’ning xabar berishicha, tadbirkor ushbu sayyorani erkin va ozod deb e'lon qilgan.

Foto: pressherald

Bunday bayonot Starlink internet-kompaniyasi xizmatlarini test qilish jarayonida e'lon qilingan. «Boshqaruv qoidalari»da aytilishicha, Yer va Oydan tashqarida kompaniya Yer qonunlarini tatbiq qilmoqchi emas. Buning o‘rniga ko‘ngilli ravishda qabul qilinadigan o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari joriy qilinadi.

Xizmat ko‘rsatishning ushbu shartlari Ilon Mask Marsda Yerga bog‘liq bo‘lmagan avtonom shahar va sayyora atrofida sputniklar tizimini qurish haqidagi rejalarini e'lon qilganidan so‘ng bir hafta o‘tib tvitter foydalanuvchilari tomonidan e'lon qilindi.

Avvalroq SpaceX asoschisi kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan Starship raketasi 2024 yilda Marsga parvoz qilishi mumkinligini ma'lum qilgan edi. Maskning fikricha, Marsdagi koloniyani 3-jahon urushi boshlanguncha qurish kerak, aks xolda, boshqa bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin.

Ilon Mask 2050 yilgacha qizil sayyoraga bir million odam yubormoqchi.

Mavzuga oid