Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada aholini koronavirusga testdan o‘tkazish boshlandi
Hukumat mamlakatning 10 yoshdan katta fuqarolarini koronavirusga tekshirmoqchi. Test natijasi musbat chiqqanlar 10 kunlik karantinda o‘tirishlari kerak bo‘ladi.
Slovakiyada butun aholini koronavirusga testdan o‘tkazish boshlandi, deb xabar bermoqda Aktuality.
Slovaklar antigenga tezkor testdan o‘tkaziladi va test natijasi 15-30 daqiqa ichida ma'lum qilinadi. Bunday testlar natijasi tez chiqadi, ammo PZR testichalik ishonchli hisoblanmaydi.
Hukumat mamlakatning 10 yoshdan katta fuqarolarini koronavirusga tekshirmoqchi. Test natijasi musbat chiqqanlar 10 kunlik karantinda o‘tirishlari kerak bo‘ladi. Test topshirishdan bosh tortganlar ham uyida shuncha kun o‘tirishi lozim, ushbu qoidani buzganlarga jarima solinadi.
Test natijasi manfiy chiqqanlar esa dushanbadan boshlab joriy etiladigan komendantlik soatidan ozod etiladi.
Avvalroq mamlakatda aholining harakatlanishiga cheklov qo‘yilgandi.
Slovakiya aholisi qariyb 5,5 mln kishini tashkil etadi.
Mavzuga oid
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
18:13 / 04.04.2025
Slovakiyada 350 tagacha ayiqni otishga ruxsat berildi
09:21 / 29.03.2025
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi
11:32 / 22.03.2025