Jahon | 10:45 / 01.11.2020
4263
2 daqiqa o‘qiladi

Filippinda “Goni” to‘foni sababli bir million kishi evakuatsiya qilindi

Foto: AP

Filippinda “Goni” to‘foni sababli bir millionga yaqin kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi. Ta'kidlanishicha, ushbu to‘fon mamlakatga 2013 yilda yopirilgan “Xayyan” to‘fonidan keyin eng kuchlisi bo‘ladi.   

Mamlakatning meteorologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, to‘fon mahalliy vaqt bilan soat 04:50da Katanduanes orollariga yetib kelgan va ayni vaqtda Filippin poytaxti Manila joylashgan va aholi eng zich bo‘lgan oroli – Lusonga yopirilgan. Shamol tezligi 225 km/soatga yetgan.

Filippinning mutasaddi idoralari Luson, Visay va Mindanao orollarida keyingi 12 soat ichida “falokatli” shamollar va kuchli yomg‘irlar, toshqinlar, ko‘chkilar va sellar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Ta'kidlanishicha, “Goni” Filippinga 2013 yilda yopirilgan “Xayyan” to‘fonidan keyin eng kuchli to‘fon hisoblanadi. O‘shanda 6 mingdan ko‘proq kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan. 

Mavzuga oid