Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqiddan so‘ng: Toshloqdagi kasb-hunar maktabi yonida yangi maktab quriladigan bo‘ldi
Hokim qarori prezident qarorlariga muvofiqlashtiriladi.
28 oktabr kuni Kun.uz'da e'lon qilingan «Toshloqdagi qishloq «ikkiga ajraldi» – Tuman hokimining o‘zboshimcha qarori oqibati qanday hal etiladi?» sarlavhali maqolaga tuman hokimligi munosabat bildirdi.
«O‘rganish xulosasiga ko‘ra, Toshloq tumani 1-son kasb-hunar maktabi binosida 50-umumiy o‘rta ta'lim maktabi ham, kasb-hunar maktabi ham 2020-2021 o‘quv yili davomida faoliyat yuritib turishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi», – deyiladi rasmiy relizda.
Ma'lum qilinishicha, tuman hokimi A.Jo‘raboyev keyingi o‘quv yili boshlangunga qadar 1-son kasb-hunar maktabi yonida yangi maktab qurib foydalanishga topshirilishini aytgan.
Hokim shu yil 12 oktyabrda chiqargan qarori prezident qarorlariga muvofiqlashtirilishini ham ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:02 / 16.05.2025
Hidi paykalni tutgan qovunlar: Toshloqda qovun pishdi
16:19 / 24.12.2024
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:09 / 28.08.2023
“Tanasida 3 ta igna qoldi” – ignalar bilan yashayotgan bolakay Azizbek 6 yoshga to‘ldi
11:55 / 09.09.2022