Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik olimlar organizmda koronavirusga qarshi antitanachalar qancha vaqt qolishini aniqladi
Nyu-Yorkdagi Maunt Sinay tibbiyot markazi olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, antitanachalar koronavirusdan sog‘aygan bemorlarda taxminan besh oy davomida saqlanib qoladi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 virusiga qarshi antitanachalar darajasi kasallikni yengil yoki o‘rta darajada o‘tkazgan odamlarda taxminan besh oy davomida saqlanib qoladi. Nyu-Yorkdagi Maunt Sinay tibbiyot markazi olimlari shunday xulosaga keldi, tadqiqot natijalari Science jurnali tomonidan e'lon qilindi, deb yozmoqda «RBK».
Tadqiqotda koronavirus tasdiqlangan 30 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Olimlarning ta'kidlashicha, antitanachalar qayta kasallanishdan himoya qilishi yoki kasallik qayta yuqtirib olinsa, virusni susaytirishi mumkin.
London Imperiya kolleji olimlari tomonidan o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotga ko‘ra, koronavirus kasalligidan keyin antitanachalar bir necha oy ichida shunday darajaga tushib ketishi mumkinki, bunda ular qayta yuqtirib olish xavfidan saqlamay qo‘yadi. Tadqiqotchilar asimptomatik COVID-19 qayd etilgan bemorlarda antitanachalar darajasi ayniqsa tez pasayishini aniqladi. Shuningdek, tadqiqotchilarning bildirishicha, 75 yoshdan oshgan bemorlarda antitanachalar tezda yo‘q bo‘lib ketadi.
Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova virus yengil tarzda o‘tkazilsa, antitanachalar miqdori ko‘p bo‘lmasligini aytgandi.
«Yoshlar va salomatligi yaxshi bo‘lgan kishilarda antitanachalar tezroq shakllanadi. Yoshi kattalar va hamroh kasalliklari bo‘lgan insonlarda shakllanishi qiyinroq kechadi. Shu sababdan har qanday og‘ir kasalliklarda ular boshqa normal salomatlikka ega odamlardan ko‘ra ko‘proq aziyat chekishadi», - dedi Barno Abdusamatova.
Mavzuga oid
12:39 / 21.10.2024
Ruandada Marburg virusiga qarshi dunyodagi ilk dori sinovi boshlandi
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023