Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada prezident saylovlarining birinchi bosqichida g‘olib aniqlanmadi
Moldovada prezident lavozimi uchun saylovlarning 1-bosqichida g‘olib aniqlanmadi. Saylovlarning 2-bosqichida eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod - amaldagi prezident Igor Dodon va sobiq bosh vazir, “Harakat va birdamlik” partiyasi nomzodi Mayya Sandu kurash olib boradi.
E'tiborlisi, Sandu 1 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarining 1-bosqichi natijalariga ko‘ra Dodonni ortda qoldirdi. Sanduga saylovchilarning 35,61 foizi, Dodonga esa 33,01 foizi ovoz bergan.
1-bosqichda g‘olib bo‘lish uchun nomzodlardan biri 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak edi.
Shuningdek, “Bizning partiya”dan nomzod Renato Usatiy 16,98 foiz, “Shor” partiyasi nomzodi Violeta Ivanova 6,57 foiz ovoz to‘plagan. Qolgan nomzodlarga 5 foizdan kamroq ovoz berilgan.
Saylovlarning 2-bosqichi 15 noyabrga belgilangan.