Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada talabalarga o‘qish uchun to‘lovni kokos bilan amalga oshirishga ruxsat berildi
Indoneziyaning Bali orolida joylashgan Venus One turistik akademiyasi o‘z talabalariga o‘qish uchun to‘lovni kokos va moringa barglari yig‘ish bilan amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu imkoniyat koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy holati yomonlashgan talabalarga yordam tariqasida taqdim etilmoqda.
Ta'lim muassasasi vakili Vayan Pasek Adi Putraning ta'kidlashicha, bungacha talabalarga o‘qish pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan.
“Biz talabalarni ular atrofini o‘rab turgan tabiiy zaxiralardan foydalanishga o‘rgatishimiz lozim. Shu tariqa, ular pandemiya yakunlangandan keyin muhim tajribaga ega bo‘ladilar va ularni oddiy ishchilar deb atab bo‘lmaydi”, deb aytgan Vayan Pasek.
Uning ta'kidlashicha, talabalar yig‘gan kokoslardan sotish uchun akademiyada yog‘ olinadi, moringa barglaridan esa sovun tayyorlanadi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025