Jahon | 16:20 / 03.11.2020
7474
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada uchar avtomobil paydo bo‘ldi

Avtomobilning havodagi va yerdagi maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etadi.

Foto: PAL-V

Niderlandiyada PAL-V Liberty deb nomlangan uchar avtomobil umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanish uchun mamlakat transport boshqarmasining ruxsatnomasini oldi. Bu haqda PAL-V kompaniyasi xabar berdi.

 PAL-V Liberty hirokopter bo‘lib, undan avtomobil sifatida foydalanish mumkin. Uning narxi 500 ming yevroga teng.

Avtomobilning havodagi va yerdagi maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etadi. Avtomobildan hirokopterga aylanish uchun unga besh-o‘n daqiqa kerak bo‘ladi.

 PAL-V Liberty benzinda harakatlanadi. U 400-500 km masofaga uchishi va havoda 4,3 soat turishi mumkin.

Uchar avtomobil yaqin oylar ichida qator sinovlardan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid