O‘zbekiston | 10:10 / 03.11.2020
7521
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoat va xizmatlar sohasining ulushi qisqardi

2020 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 408,3 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda, iqtisodiyotning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi, deb xabar bermoqda Davstatqo‘m.

Qayd etilishicha, YaIM tarkibida sanoatning ulushi 29,3 foizdan 28,5 foizga, xizmatlar sohasining ulushi 36,5 foizdan 36,2 foizga kamaygan bo‘lsa, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 27,3 foizdan 27,9 foizga, qurilish tarmog‘ining ulushi 6,9 foizdan 7,4 foizga oshdi.

2019 yilning yanvar-sentabr oylarida esa 2018 yilning mos davri bilan taqqoslaganda, YaIM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi ulushining 27,3 foizgacha pasayishi (2018 yilning yanvar-sentyabrida – 31,0 foiz) va sanoat tarmog‘i ulushining 29,3 foizgacha oshishi (2018 yilning yanvar-sentyabrida – 26,4 foiz) bilan bog‘liq sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan.

Mavzuga oid