Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida jyetonlardan foydalanish joriy yilning oxiriga qadar davom etadi
Ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jyetonlar qabul qilinishi bekor etilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar tarqaldi.
«Toshkent metropoliteni» UK ushbu ma'lumot noto‘g‘ri ekanligini ma'lum qilib, tegishli izoh berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 1 noyabrdan boshlab metro kassalarida jyetonlar sotilishi to‘xtatildi.
«Ammo, shu bilan birga, jyetonlardan foydalanish joriy yilning oxiriga qadar, shu jumladan 31 dekabr kunida ham davom etadi. Buning uchun stansiyaning har bir kirish joyida bittadan jyetonlarni qabul qiluvchi turniket mavjud.
Jyetonlar bilan to‘lov Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishidagi stansiyalarda qabul qilinadi. Yangi «Yunusobod» va «Turkiston» stansiyalari bundan mustasno», - deyiladi «Toshkent metropoliteni» ma'lumotida.
Avvalroq, Toshkentda avtobuslarda maxsus jyetonlardan foydalanish muddati uzaytirilgandi.
Mavzuga oid
12:23 / 14.04.2022
Toshkent metrosi aholidan jyetonlarni xarid qilishi haqida e’lon berdi
16:13 / 24.11.2021
1 dekabrdan metroda jyetonlarni qabul qilish to‘xtatiladi
22:58 / 02.06.2021
Sergeli–Qo‘yliq yer usti metrosi qurilishida 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi
00:07 / 02.06.2021