Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adham Bekmurodov Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori tayinlandi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Adham Bekmurodov O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari sifatida ish boshladi.
Shu bilan birga, u O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga ham tayinlandi.
Bunga qadar Adham Bekmurodov “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
16:14 / 13.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
22:57 / 05.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi
19:23 / 16.08.2022
DBA rektori - akademiya faoliyati, “semirib ketgan” hukumat, majlisbozlik va xizmat mashinalari haqida
12:37 / 07.07.2022