Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bir oy avval vafot etgan siyosatchi mahalliy saylovlar g‘olibi bo‘ldi
Respublikachilar partiyasining marhum vakili, bir oy avval koronavirusdan vafot etgan siyosatchi Devid Andal Shimoliy Dakota shtati qonun chiqaruvchi kengashiga saylovlarda g‘olib bo‘ldi.

Foto: Dmitriy Parshin / RIA Novosti
The Independent nashrining xabar berishicha, 55 yoshli siyosatchi oktabr boshida koronavirus infeksiyasi bilan shifoxonaga yotqizilgan. U shifoxonada 4 kun o‘tkazgach, 5 oktyabrda vafot etgan.
Biroq shtatda marhum siyosatchining o‘limidan bir necha hafta oldin muddatdan oldin ovoz berish boshlangan edi. Natijada Andal o‘zining partiyadoshi Deyv Nering bilan saylovlarda g‘olib bo‘lgan va mahalliy okrugdan qonun chiqaruvchi kengashga saylangan.
“U o‘z okrugini yaxshi ko‘rardi va uning holatini yaxshilashni istardi”, deb aytgan marhum siyosatchining onasi Pet Andal.
Endilikda Respublikachilar partiyasi Andalning o‘rniga boshqa bir siyosatchini topishiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, marhum siyosatchi egallashi kerak bo‘lgan o‘rin uchun shtatda navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishi ham mumkin.
3 noyabrda AQShda umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi. AQSh aholisi prezident va vitse-prezident, 35 senator, vakillar palatasining barcha a'zolari, 13 gubernator va mahalliy hokimiyat idoralari vakillari uchun ovoz bergan.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025