O‘zbekiston | 19:03 / 04.11.2020
15612
1 daqiqa o‘qiladi

Ekoqo‘mita Angrendagi ayiq voqeasi bo‘yicha ma'lumot berdi

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrining Gurum mahallasida tog‘dan kelib qolgan ayiq otib o‘ldirilgani haqida xabar tarqalgan edi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bu ma'lumotni rad etib, internetda tarqalgan rasm Rossiyada olinganini bildirdi.

«Ushbu suratning Angrendagi ayiq voqeasiga umuman aloqasi yo‘q», – deya ta'kidlangan qo‘mita axborotida.

Ekologlarga ko‘ra, Gurum mahallasiga kelib qolgan ayiq sog‘-omon va u jamoatchilik nazoratida biroz vaqt ushlab turilgan. 3 noyabr kuni qo‘mita mutaxassislari, IIV xodimlari va mas'ul idoralar vakillari tomonidan ayiqni tog‘ga qo‘yib yuborish choralari ko‘rilgan.

«Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda Toshkent hayvonot bog‘i xodimlaridan iborat guruh a'zolari tomonidan ayiqqa tibbiy yordam bilan bog‘liq tezkor muolajalar ko‘rsatilib, yovvoyi tabiat bag‘riga qo‘yib yuborilgan», – deyiladi xabarda.

Mavzuga oid