O‘zbekiston | 20:26 / 05.11.2020
4001
1 daqiqa o‘qiladi

“Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi

Furqat Shomurodovich Tojiyev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.

Furqat Tojiyev

Furqat Tojiyev 1986 yilda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2008 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2009 yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta'minlash markazida mutaxassis lavozimidan boshlagan. 2011 yildan 2020 yilga qadar Adliya vazirligida turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

F.Tojiyev 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar vazirlik Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid