Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada koronavirusning mutatsiya qilgan turi sababli millionlab qorako‘zanlar yo‘q qilinadi
Daniya hukumati odamlar orasida koronavirusning norkalarda mutatsiya qilgan shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi barcha qorako‘zan (norka)larni yo‘q qilishni buyurdi.
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksenning matbuot anjumanda ma'lum qilishicha, virusning mutatsiya qilgan ushbu turi odamlar orasida tarqalmoqda va ularda antitanalar hosil qilish qobiliyatini kuchsizlantirmoqda.
Frederiksenning o‘zi ham koronavirus yuqtirib olgan Adliya vaziri Nik Xekkerup bilan uchrashuvdan keyin ayni vaqtda karantinga ketgan.
Hozirda Daniyaning Shimoliy Yutlandiya viloyatida 12 kishida mutatsiya qilgan virus aniqlangan. Frederiksen u nafaqat Daniyaning qolgan qismiga, balki butun dunyoga tarqalishi mumkinligidan ogohlantirgan. Shu bilan birga, hukumat qorako‘zan fermalari egalariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga va'da bergan.
Fermerlarga qorako‘zanlarni yo‘q qilishda qurolli kuchlar va favqulodda vaziyatlar agentligi ko‘mak ko‘rsatadi. Fermerlar ko‘radigan zararni qoplash hukumatga 2,3-2,8 mlrd kronaga (362-441 mln dollar) aylanadi.
Daniya dunyoda qorako‘zan mo‘ynasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Mamlakatda 1139 qorako‘zan fermasi bor bo‘lib, ularda 15-17 mln qorako‘zan yetishtiriladi. Ayni vaqtda 200dan ko‘proq fermada koronavirus tarqalishi qayd qilingan, ulardan 67tasida barcha mo‘ynalilar yo‘q qilingan.
Iyun oyida shunday qarorni Niderlandiya hukumati qabul qilgandi: o‘shanda mamlakatdagi qorako‘zan fermalarida koronavirus tarqalishi qayd qilingandi.
Mavzuga oid
23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
18:44 / 02.04.2025