AQSh saylovlari: hal qiluvchi shtatlardan so‘nggi ma'lumotlar
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp «tebranuvchi» shtatlardan yana ikkitasida ustunlikni boy berdi. Avvaliga Jorjiyada, keyin Pensilvaniyada demokratlar nomzodi Jo Bayden oldinga chiqib oldi.
Oq uy uchun kurash hamon ovozlarni hisoblash yakunlanmagan to‘rt shtatda davom etmoqda: Jorjiya, Pensilvaniya, Arizona va Nevada. Aynan shu hududlarda nomzodlardan qaysi biri prezidentlik uchun zarur bo‘lgan 270 delegat ovozini olishi hal bo‘ladi.
Jorjiya va Pensilvaniyada dastlabki natijalar yaqin bir kun ichida chiqishi kutilmoqda. Agar Pensilvaniyada Bayden g‘alaba qozonsa, poyga yakunlanadi. Aks holda barchasi dam olish kunlari Arizona va Nevadada hal bo‘ladi. BBC ayni vaqtdagi vaziyatni ko‘rib chiqdi.
Pensilvaniya - 20 delegat
Mahalliy vaqt bilan soat 14:00da GMT (Toshkent vaqti bilan soat 19:00da) Bayden yetakchilikni qo‘lga oldi, hozirda uning ustunligi 10 mingga yaqin ovozni tashkil qilmoqda. Yana bir necha o‘n ming byulletenni hisoblash qolgan (5 foizga yaqin), xususan, shtat markazi Filadelfiya va uning atrofidagi hududlarda - bu hududlar 2016 yilda Hillari Klintonni qo‘llagandi.
Ko‘proq ma'lumot qachon bo‘ladi? Shtat ma'muriyati payshanba kuni oxirigacha natijalar chiqishiga umid bildirgandi, ammo haligacha bunday bo‘lmadi. Kutish davom etmoqda.
Jorjiya - 16 delegat
Tramp hafta davomida yetakchilik qilib keldi, ammo juma kuni Bayden oldinga chiqib oldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda uni qo‘llab-quvvatlagan jorjiyalik saylovchilar soni raqibinikidan 1,5 mingga ko‘proq. Byulletenlarni hisoblash davom etmoqda (99 foiz).
Shtat davlat kotibi, Respublikachilar partiyasi vakili Bred Bred Rafensperger ikki nomzodning natijalari bir-biriga juda yaqin bo‘lgani uchun Jorjiyada ovozlar qayta hisoblanishini ma'lum qildi.
Pochta orqali yuborilgan yana bir necha ming byulleten qolgan, bu byulletenlar asosan Atlanta va Savannadagi saylovchilarga, ya'ni demokratlarga moyil bo‘lgan jorjiyaliklarga tegishli.
Agar Tramp Jorjiyada Baydenga yutqazsa, delegatlar soni bo‘yicha g‘olib bo‘lish imkoniyatini yo‘qotadi, ammo nazariy jihatdan 269ta delegat ovoziga ega bo‘lib, natija teng bo‘lishi uchun imkoniyat saqlab qoladi. Delegatlar soni teng bo‘lsa, prezident kim bo‘lishi Kongressda hal qilinadi.
Ko‘proq ma'lumot qachon bo‘ladi? Saylov komissiyasi vakillari ovozlarni hisoblash amalda yakunlangani, yaqin soatlarda natija e'lon qilinishini aytishmoqda.
Arizona, 11 delegat
Bu yerda aksincha - Bayden oldinda, ammo Tramp unga soat sayin yaqinlashib kelmoqda. Hozirda raqiblarni taxminan 43,6 ming ovoz ajratib turibdi, yana 400 mingga yaqin ovozni hisoblash qolgan, bu byulletenlar asosan shtat markazi Feniks yaqinidagi Marikopa okrugiga mansub. Bu yerda hali saylov kunida saylov uchastkalariga tashlangan byulletenlarni ham, pochta orqali yuborilganlarini ham hisoblab chiqishmagan.
Ko‘proq ma'lumot qachon bo‘ladi? Navbatdagi ma'lumotlar mahalliy vaqt bilan soat 09:00 (16:00 GMT, 21:00 Toshkent vaqti)da kelib tushdi. Ammo bu ovozlar kim g‘olib chiqishi haqida xulosa qilish uchun yetarli emas.
Nevada, 6 delegat
Bayden bu yerda kun davomida raqibi bilan oradagi farqni oshirdi va ayni vaqtda bu farq taxminan 20 ming ovozga teng bo‘lib turibdi. Byulletenlarning taxminan 10 foizi hali hisoblab chiqilmagan, ularning asosiy qismi - demokratlarga moyil bo‘lgan Las-Vegasni o‘z ichiga olgan Klark okrugiga mansub byulletenlardir.
Ko‘proq ma'lumot qachon bo‘ladi? Nevada ovozlarni juda sekin hisoblamoqda. Dam olish kunlarida nisbatan batafsil kartina yuzaga kelishi mumkin.
Mavzuga oid
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
08:31 / 08.11.2024
Bayden hokimiyatni tinch yo‘l bilan Trampga topshirishga va’da berdi
01:11 / 07.11.2024
Jo Bayden va Kamala Harris Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alaba bilan tabrikladi
14:01 / 31.10.2024