Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘inga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 mln so‘mdan beriladi
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inidagi muammolar tahlil qilinmoqda.
«Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inidagi davolash sifati haqida gap borar ekan, buning uchun sharoit va kadrlar yetishmasligi aytib o‘tildi. Xodimlarni rag‘batlantirish, malakasi va lavozimini oshirishga e'tibor yo‘q.
Qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda 20 mingdan ziyod vrachlik shtati mavjud, lekin 12 ming shifokor ishlamoqda. Chunki bugungi kunda umumiy amaliyot shifokori kasbi tibbiyot oliygohlari bitiruvchilari uchun jozibador emas», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Shu bois prezident shifokorlarga munosib sharoitlar yaratish orqali ularni eng quyi bo‘g‘in – qishloq vrachlik punkti va oilaviy poliklinikalarga jalb qilish zarurligini ta'kidladi.
Buning uchun chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘in tibbiyot tizimi uchun «Qishloq shifokori» dasturi joriy qilinadi. Bu dasturga muvofiq chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘inga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘i beriladi, ular xizmat uyi bilan ta'minlanadi yoki ijara to‘lovi kompensatsiya qilinadi.
Shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojlarni mahallalar kesimida aniqlab, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida kvotani oshirish, ipoteka asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo birlamchi bo‘g‘in shifokorlari uchun ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, kelgusi yilda 100ta qishloq vrachlik punkti va 24ta oilaviy poliklinika tashkil etilishi belgilandi.
Mavzuga oid
16:43 / 12.03.2025
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amaliyotida qo‘llashga ruxsat beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024