Bayden Trampning bir qator qarorlarini bekor qilmoqchi
AQShdagi prezident saylovlarida o‘z g‘alabasini e'lon qilgan Jo Bayden 2021 yil 20 yanvarda prezident lavozimini bajarishga kirishgach, amaldagi prezident Donald Tramp qabul qilgan bir qator qarorlarni bekor qilmoqchi.

Foto: Kevin Lamarque / Reuters
The Washington Post nashrining vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, Bayden AQShni iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga qaytarmoqchi va uning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqishi haqidagi qarorni bekor qilmoqchi.
Bundan tashqari, Bayden Trampning immigratsiyani taqiqlovchi qarorini darhol bekor qilishni va AQShga yoshligida noqonuniy tarzda keltirilgan shaxslarga mamlakatda qolishga imkon beruvchi dasturni tiklashni rejalashtirmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, Baydenning bosh maslahatchilari uning saylovoldi rejasini iloji boricha yaxshiroq amalga oshirish ustida oylab ish olib borishgan.
Avvalroq Bayden Amerika xalqiga murojaatida AQSh jamiyatini birlashtirishga va AQShga dunyoda yetakchilikni qaytarishga va'da bergandi.
Mavzuga oid

15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi

08:24 / 19.05.2025