Pompeo AQShdagi saylovlarni “tomosha” deb atagan Eron oliy yetakchisini tanqid qildi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo tvitterda Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy bilan tortishuvga kirishdi. Bundan avvalroq Hameneiy AQShdagi prezident saylovlarini “tomosha” deb atagandi.
Eron oliy yetakchisi bu haqda tvitterda yozgan.
“AQShdagi vaziyat va u yerda saylovlar haqidagi aytilayotgan gaplar – bu tomosha! Bu AQShdagi liberal demokratiyaning xunuk qiyofasidir”, deb yozgan Hameneiy.
U, shuningdek, AQShdagi saylovlar o‘z natijalaridan qat'i nazar, AQSh tuzumining siyosiy, fuqarolik va ma'naviy tanazzulini fosh qilishini aytgan.
Avvalroq Hameneiy Tehronga AQShdagi prezident saylovlarida kim g‘alaba qozonishining farqi yo‘qligini aytgan.
Pompeo Hameneiyning yuqoridagi so‘zlariga uni tanqid qilish bilan javob qilgan. Uning aytishicha, Amerika eng buyuk millat bo‘lib qoladi. U Erondagi saylovlarni “bema'nilik” deb atagan va “ularga yuzlab nomzodlar qo‘yilmasligini” ta'kidlab o‘tgan.
“Siz shaxsan o‘z xalqingizdan millionlab dollar o‘g‘irlagansiz. Sizning saylovlar – bema'nilik, ularga yuzlab kishilar hattoki o‘z nomzodini ilgari surishga qo‘yilmaydi. Bugun xalqingiz och qolmoqda, chunki siz kleptokratiyangizni himoya qilish uchun o‘z qo‘l ostingizdagilarning urushiga milliardlab pullar sarflagansiz”, deb yozgan Pompeo Hameneiy nomiga.
.@khamenei_ir - You’ve personally stolen hundreds of millions of dollars from your people. Your elections are a joke, with hundreds of candidates disqualified from even running. Today, your people starve because you spend billions on proxy wars to protect your kleptocracy. pic.twitter.com/4pCD6ilguC
— Secretary Pompeo (@SecPompeo) November 7, 2020
7 noyabrda AQSh ommaviy axborot vositalari Jo Baydenni AQShdagi prezident saylovlari g‘olibi deb e'lon qilgan. Biroq amaldagi prezident Donald Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olmoqchi emas. Tramp Bayden o‘zini mamlakatning yangi yetakchisi deb atashda shoshqaloqlik qilganini va saylovlar natijalari bo‘yicha sudda bahslashishini aytgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024