BMT bosh kotibi Baydenning saylovlardagi g‘alabasini tan oldi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Jo Baydenni AQSh prezidenti saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

Foto: Reuters
Reuters axborot agentligining xabar berishicha, Guterrish AQSh va BMT hamkorligi bugungi kunda dunyo to‘qnash kelayotgan muammolarni hal qilishdagi xalqaro hamkorlikning muhim ustuni hisoblanadi. BMT kotibining tabrigi Baydenga hamrohlik qilayotgan bo‘lg‘usi vitse-prezident Kamala Xarrisga ham yo‘llangan.
Tabrik yo‘llanishi Guterrish AQShdagi saylovlarning rasmiy natijalari e'lon qilinishidan oldin Baydenning g‘alabasini tan olganini anglatadi.
7 noyabrda AQShning bir qator yetakchi OAVlari Baydenning saylovlarda g‘alaba qozonganini e'lon qildi.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus ham Baydenni g‘alaba bilan tabriklagandi. Ma'lum qilinishicha, Bayden prezident Donald Trampning AQShning JSSTdan chiqishi haqidagi qarorini bekor qilishga va'da bergan.
Mavzuga oid

16:36 / 17.04.2025
«Bu yigit bolta olib chopyapti» – Bayden prezidentlikdan ketgach ilk marta chiqish qildi

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

16:50 / 16.04.2025
Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi marta Trampni tanqid qildi

17:24 / 13.04.2025