O‘zbekistonda 300dan ortiq kafe, restoran va mehmonxonada keksalar uchun chegirma e'lon qilindi (ro‘yxat)
Noyabr oyi O‘zbekistonda «Keksalar uchun turizm oyligi» deb e'lon qilingan. Oy davomida keksalar uchun qator chegirmalar amal qilmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘rsatayotgan xizmatlari uchun chegirmalar berayotgan korxonalar ro‘yxatini Kun.uz'ga taqdim etdi.

Chegirmalar 1–30 noyabr kunlari, 60 yoshdan oshgan erkaklar va yoshi 55dan yuqori ayollar uchun amal qiladi.
Keksalar imtiyozdan foydalanish uchun pasport yoki pensiya guvohnomalarini taqdim etishlari lozim.
Transport xizmatlari
- «Uzbekistan Airways» — ichki aviareyslarda ekonom va biznes toifalarning narxlariga 25 foiz chegirma. (LPR3M, UPR3M, SPR3M, OPR3M klasslari bundan mustasno);
- «O‘zbekiston temir yo‘llari» — ichki yo‘nalishdagi tariflarga 10 foiz chegirma;
- «Uzautotrans Service» — mahalliy yo‘nalishlarda qantovchi avtobus chipta narxlariga 15 foiz chegirma.
Mehmonxonalar va mehmon uylari
O‘zbekiston bo‘yicha 212ta mehmonxonada keksalar uchun 50 foizgacha (aksariyati 10–20 foiz oralig‘ida) arzonlashtirilgan narx joriy qilingan.
Quyidagi pdf-faylda mehmonxonalar ro‘yxati, ulardagi xonalarning joriy narxlari, chegirma miqdorlari, ularning joylashgan manzillari va aloqa uchun telefon raqamlari haqidagi ma'lumotlar jamlangan.
Restoran va kafelar
Qariyalar uchun ixtiyoriy chegirma berayotgan umumiy ovqatlanish korxonalari soni respublika bo‘yicha jami 114ta. Ulardagi chegirmalar miqdori 20 foizgachani tashkil etadi.
Ushbu faylda umumiy ovqatlanish korxonalari ro‘yxati, manzili, ulardagi o‘rtacha ovqatlanish summasi, chegirma miqdori, mas'ul shaxs va bog‘lanish raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ziyoratgohlar
Noyabr oyida 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar pasporti yoki pensiya guvohnomasini ko‘rsatib, quyidagi ziyoratgohlarga bepul kirishi mumkin.
- Hazrati Imom majmuasi (Toshkent shahri)
- Samarqand viloyati (Samarqand viloyati)
- Imom Buxoriy majmuasi (Samarqand viloyati)
- Shohi Zinda majmuasi (Samarqand viloyati)
- Hazrati Hizr ziyoratgohi (Samarqand viloyati)
- Xo‘ja Doniyor majmuasi (Samarqand viloyati)
- Imom Moturidiy ziyoratgohi (Samarqand viloyati)
- Chor-Chinor ziyoratgohi (Samarqand viloyati)
- Bahouddin Naqshband majmuasi (Buxoro viloyati)
- Chor Bakr majmuasi (Buxoro viloyati)
- Dorus Saodat majmuasi (Qashqadaryo viloyati)
- Dorut Tilovat majmuasi (Qashqadaryo viloyati)
- Pahlavon Mahmud ziyoratgohi (Xorazm viloyati)
- Said Alouddin Pir ziyoratgohi (Xorazm viloyati)
- Chil Ustun majmuasi Navoiy viloyati (Xorazm viloyati)
Bundan tashqari, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda joylashgan jami 49ta madaniy meros obektiga kirish uchun ham chegirmalar ko‘zda tutilgan.
Turizm qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, keksalarning dam olishini mazmunli tashkil etishda ularning salomatligi va xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etilishi ta'minlanadi.
Mavzuga oid

17:42 / 12.05.2025
Dunyodagi eng baxtli shahar aniqlandi

13:51 / 12.05.2025
O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ziyod xorijiy sayyoh keldi

09:50 / 03.05.2025
O‘zbekistonda milliy turizm yagona platformasi ishlab chiqilmoqda

12:33 / 02.05.2025