Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yopilayotgan klublar, masofadan o‘qish va bekor qilingan yangi yil: Moskvada cheklovlar joriy etildi
Cheklovlar 13 noyabrdan 2021 yil 15 yanvargacha amal qiladi.
Moskvada koronavirus tarqalishi sababli yangi cheklovlar kiritilmoqda. Bu borada shahar meri Sergey Sobyaninning farmoni e'lon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, cheklovlar 13 noyabrdan 2021 yil 15 yanvargacha amal qiladi.
Oliy o‘quv yurtlari va kollej talabalari masofadan o‘qishga o‘tadi. Ularning transport kartalari vaqtincha bloklanadi.
Restoran, qahvaxona, bar, tungi klub, bouling va boshqa muassasalar 23:00dan 6:00gacha ishlamaydi. Taom yetkazib berish xizmati to‘xtatilmaydi.
Teatr, kino va konsert zallarida tomoshabinlar soni zal sig‘imining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Madaniy, ko‘rgazma, ma'rifiy, ko‘ngilochar va boshqa tadbirlarni tomoshabinlar ishtirokida o‘tkazish taqiqlanadi. Sport tadbirlarini Moskva sport departamenti va Rospotrebnadzor boshqarmasi bilan kelishilgan holdagina o‘tkazish mumkin.
RBKning o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, poytaxtda yangi yil sayillari, rojdestvo bozorlari va festivallari bekor qilingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Moskvada oxirgi sutkada 5902ta yangi holat aniqlangan. Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 1 mln 817 ming nafardan oshgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025