O‘zbekiston | 16:59 / 11.11.2020
16908
4 daqiqa o‘qiladi

Qamoqxonalarda yana uzoq muddatli uchrashuvlarga ruxsat berilmoqda, faqat yangi talablar amal qiladi

Ma'lumki, koronavirus pandemiyasi davrida ehtiyot choralarini qo‘llash doirasida maxsus komissiya qaroriga ko‘ra jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuvlari vaqtincha cheklab qo‘yilgandi. IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi matbuot xizmati Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotda bu cheklov bekor qilingani bildirilgan.

“Hurmatli fuqarolar, Respublikamizda karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda. Shu bois IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuvlarini tashkil etish rejalashtirildi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyalari olindi.

Unda karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda, hozircha haftada bir marotaba, ya'ni shanba kuni 24 soatlik uzoq muddatli uchrashuv berish tavsiya etilgan.

Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (shu jumladan 6 yoshdan oshgan farzandlari) uchrashuvga 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat oralig‘ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo‘qligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.

Shu o‘rinda uzoq muddatli uchrashuv so‘rab murojaat qilganlarning barchasiga bir vaqtning o‘zida uchrashuv berish imkoniyati mavjud emasligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Shundan kelib chiqqan holda, jazoni ijro etish muassasalarida fuqarolarni uchrashuvga kirish ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha dolzarb aloqa tarmoqlari tashkil etildi.

Fuqarolarimiz soat 9.00dan 18.00gacha (dam olish kunlaridan tashqari) mazkur dolzarb aloqa tarmoqlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda fuqarolarimizdan jazo muddatini o‘tayotgan shaxs bilan uchrashish uchun dolzarb aloqa tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini, uchrashuvga belgilangan muddatlarda kelib, karantin qoidalariga qat'iy rioya etishlarini so‘rab qolamiz.

Bog‘lanish uchun jazoni ijro etish koloniyalarining dolzarb aloqa raqamlari:

  • 1-son jazoni ijro etish koloniyasi – 365-220-70-02
  • 2-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-00-82
  • 3-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-10-61
  • 4-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-224-77-81
  • 5-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-555-23-65
  • 6-son jazoni ijro etish koloniyasi – 69-434-42-33
  • 7-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-169-64-13
  • 10-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-506-64-51
  • 11-son jazoni ijro etish koloniyasi – 78-770-37-34, 95-603-49-07
  • 12-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-572-55-85
  • 13-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-717-08-50
  • 14-son jazoni ijro etish koloniyasi – 99-842-41-24
  • 17-son jazoni ijro etish koloniyasi – 94-545-21-81
  • 20-son jazoni ijro etish koloniyasi – 65-522-22-10
  • 21-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-975-85-65
  • 22-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-202-38-52
  • 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona – 71-293-87-29
  • 24-son tarbiya koloniyasi – 70-202-37-51

Ushbu dolzarb aloqa raqamlari orqali bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan hollarda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining 71-291-69-75 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Dolzarb aloqa tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar uchrashuvga kiritilmasligini ma'lum qilamiz.

Uchrashuvlar uchun o‘rnatilayotgan mazkur talablar siz va yaqinlaringiz sog‘ligini asrashga qaratilgandir” – deyiladi bu boradagi maxsus e'londa.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid