Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada “Sputnik V” vaksinasining barcha partiyasi davlat tomonidan sotib olindi
Rossiyada koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan birinchi vaksina “Sputnik V”ning barcha partiyasi davlat tomonidan sotib olindi va savdoga chiqarilmaydi. Bu haqda vaksinani ishlab chiqqan Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg ma'lum qildi.
“Bizda hamma vaksina Rossiya tomonidan sotib olindi, o‘ylashimcha, shu sababli u na chakana savdoga, na boshqa yo‘l bilan sotuvga chiqadi”, deb ma'lum qilgan Ginsburg.
Mutaxassis Rossiyada “Sputnik V” bilan ommaviy emlash 2021 yil yanvar-fevralida boshlanishini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Ginsburg bugungi kungacha vaksina bilan 40-50 mingga yaqin odam emlangani, ulardan aksariyatini xavf guruhiga kiruvchilar tashkil etishini ma'lum qilgan.
Rossiya 11 avgustda dunyoda koronavirusga qarshi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Vaksina “Sputnik V” deb nomlangan va bir qator boshqa vaksinalar olingan usulda ishlab chiqilgan. Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligida ta'kidlanishicha, bunday vaksinalarni qo‘llash tajribasi ular 2 yilgacha immunitet berishini ko‘rsatadi. Vaksinaning birinchi partiyasi 12 sentyabrda Rossiya hududlariga jo‘natilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025