Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun rasmiy xat yoki ariza o‘sha kunning o‘zida ko‘rib chiqiladi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston davlat arxivlari o‘quv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foydalanuvchi davlat arxivlarining o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun rasmiy xat yoki ariza taqdim etadi.
Murojaat o‘sha kunning o‘zida ko‘rib chiqiladi. 3 ish kunida foydalanuvchiga o‘quv zallarida ishlash uchun 1 yil muddatga ruxsatnoma taqdim etiladi.
Chet el fuqarosi bo‘lgan foydalanuvchilar davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligi bilan foydalanadi.
O‘quv zalida foydalanuvchiga yig‘majildlar va mikronusxalar bir oy muddatga beriladi.
Alohida qimmatli hujjatlar (agar ularning foydalanish nusxasi bo‘lmasa) foydalanuvchiga 2 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatga, noyob hujjatlar esa 5 kunga beriladi.
O‘quv zallariga kirish va arxiv hujjatlaridan foydalanish bepul amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2024
IHeS Rossiyani sovet arxivlaridan foydalanishga ruxsat bermagani uchun qoraladi
10:39 / 16.06.2024
100 yil oldin O‘zbekistonda Qurbon hayiti qanday nishonlangan? Arxiv suratlar
19:08 / 01.05.2024
2024 yilda arxiv hujjatlarining qanchasi maxfiylikdan chiqarilgani ma’lum qilindi
15:49 / 11.12.2023