O‘zbekiston | 12:30 / 13.11.2020
15510
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Bananza Trade Export» Gollandiyadan keltirilgan kartoshka urug‘laridan hosil olishni boshladi

Bilamizki, kartoshka aholining asosiy iste'mol mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa karantin davrida aholini kartoshka mahsuloti bilan ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijodiy guruhimiz bilan qishloq xo‘jaligining kartoshka yetishtirish sohasida ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Bananza Trade Export” kompaniyasining Qibray tumanidagi dalasida bo‘ldik.

“Bananza Trade Export” yurtimizda mart oyidan beri pandemiya qayd etilgan vaqtdan boshlab O‘zbekiston aholisiga hamda ichki bozorlarga arzon narxlarda 50 ming tonnadan ortiq ozuqabop kartoshkalarni yetkazib berdi.

“Bizning korxona Gollandiyaning kartoshka yetishtirish bo‘yicha eng ilg‘or “Agrico” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Ayni damdagi og‘ir pandemiya sharoitida  Gollandiyadan bu yilgi mavsum uchun o‘z vaqtida kartoshka urug‘lari yetkazilib, ekildi. Noyabr oyida 3 oylik kartoshkalar hosilini olyapmiz.

Jasur To‘xtamurotov

Bu kartoshkalar rangi qizil bo‘lib, kartoshkaning «evolution» turi hisoblanadi. Hozirda gektariga 20-35 tonnagacha hosil olinmoqda”, – deydi “Bananza Trade Export” MChJ  rahbari Jasur To‘xtamurotov.

“Bananza Trade Export” MChJ tomonidan mahalliy sharoitda yuqori hosil beruvchi sifatli kartoshka urug‘lari import qilinib, O‘zbekiston bo‘ylab, jumladan, Toshkent, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tarqatildi.

Kompaniya ozuqabop kartoshkaning boshqa turlarini ham Gollandiyadan olib kelmoqda. Kompaniya vakillarining aytishicha, bu yilgi hosil kutilganidan ham a'lo natija bergan. Ularning mazasi ham yaxshi. Chunki dorilar o‘z vaqtida va me'yorida berilganligi sababli kartoshkaning mazasiga ta'sir qilmaydi.

Hozirda hosil yig‘im-terimi boshlanib, kartoshkalar omborxonalarga olib ketilmoqda. U yerdan xalqimiz dasturxoniga yetkaziladi. Fuqarolarimiz kartoshkalarni arzon narxlarda olishi mumkin bo‘ladi. 

“Bananza Trade Export” MChJ 2020 yil kartoshka-urug‘chilik mavsumini a'lo darajada bajarganini, butun dunyoga koronavirus  pandemiyasi xavf solayotgan murakkab bir vaziyatda Prezident tomonidan qabul qilingan «Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №4704-sonli qarori loyihasi ijrosiga munosib hissa qo‘shganini ma'lum qiladi.

Instagram: instagram.com/bananza_trade_export

Murojaat uchun telefon:

+998999992999

+998999952222

Reklama huquqi asosida

Раҳматилла Исроилов
Tayyorlagan Раҳматилла Исроилов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid