Ilon Mask bir kun ichida koronavirusga to‘rtta test topshirdi va olingan natijalardan taajjublandi
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask bir kun ichida koronavirusga 4ta test topshirdi. E'tiborlisi, u topshirgan testlardan 2tasi manfiy, 2tasi esa musbat chiqqan.
“Juda shubhali narsalar yuz bermoqda”, deb izoh qoldirgan Mask tvitterda.
Uning ta'kidlashicha, u bir qurilmaning o‘zida BD kompaniyasining antigenlarga 4 ta ekspress-testini topshirgan va undan barcha tahlillarni bir hamshira olgan. Mask topshirgan birinchi testning natijasi musbat, keyingi ikkitasiniki manfiy va so‘nggisiniki yana musbat chiqqan. U BD’ning ushbu testini “tanga tashlab fol ochish” deb baholagan.
Shundan keyin tadbirkor boshqa laboratoriyada PsR usulida yana bir test topshirgan. U natijalarni 24 soat ichida olishni kutayotganini ma'lum qilgan.
Mask o‘zida bir necha kun yengil tumov, yo‘tal va tana harorati ko‘tarilishi davom etganidan keyin tahlil topshirishga qaror qilgan. Uning ta'kidlashicha, hozirda unda hech qanday alomatlar kuzatilmayapti.
AQShda koronavirus pandemiyasi avj ola boshlagan mart oyida Mask aprelga kelib kasallanishlar soni nolga yaqinlashishini va sarosima koronavirusdan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishini aytgan.
Maskning tahlil topshirgani haqidagi xabari AQShda kunlik kasallanish holatlari yangi antirekordni qayd qilganiga to‘g‘ri keldi. Avvalroq Tesla’ning AQShdagi yagona zavodi joylashgan Alamida okrugi rahbariyati koronavirus holatlari ko‘payayotganidan va infeksiya tarqalishiga qarshi yangi cheklovlar kiritilishi mumkinligidan ogohlantirgan. Aprel boshida zavod yopilganda Mask karantin cheklovlari kiritilishini tanqid qilgan.
Mavzuga oid
21:33 / 24.11.2024
Ilon Mask o‘z rekordini yangilab, yana tarixdagi eng badavlat insonga aylandi
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
12:05 / 15.11.2024