Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya delfinlardan harbiy maqsadlarda foydalanishni boshladi
Shimoliy Koreya delfinlarni jangovar vaziyatlarda foydalanish uchun tayyorlamoqda. Bu haqda sputnik orqali olingan suratlarni o‘rgangan AQSh harbiy-dengiz institutining hisobotida qayd etiladi.
Rasmlarda portdagi harbiy kemalar yonida delfinlar uchun mo‘ljallangan, dengiz hayvonlarini saqlash joylari qurilganini ko‘rish mumkin.

Hisobotda aytilishicha, Shimoliy Koreya ushbu dasturni kamida 2015 yilda ishga tushirgan hamda jonivorlarni Pxenyandagi delfinariyda yetishtiradi.
Delfinlar va dengiz sherlari kabi jonivorlardan ilk bor AQSh harbiy-dengiz flotida minalar va dushman suzuvchi-agentlarini aniqlash kabi harbiy maqsadlarda foydalanilgan. Hozirgi kunda rossiyalik harbiylar ham Arktika va Qora dengizda ushbu amaliyotdan foydalanib kelmoqda.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025