O‘zbekiston | 14:41 / 13.11.2020
8976
1 daqiqa o‘qiladi

Yalpi ichki mahsulot tarkibida qurilish tarmog‘ining ulushi oshdi

Joriy yilning 9 oyi yakunlarida yalpi ichki mahsulot tarkibida qurilish tarmog‘ining ulushi 7,4 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foiz punktga oshgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 408,3 trln. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 27,3 foizdan 27,9 foizga (0,6 foiz punktga), qurilish tarmog‘ining ulushi – 6,9 foizdan 7,4 foizga (0,5 foiz punktga) oshgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoatning ulushi 29,3 foizdan 28,5 foizga (0,8 foiz punktga), xizmatlar sohasining ulushi 36,5 foizdan 36,2 foizga (0,3 foiz punktga) kamaygan.

Mavzuga oid