Jahon | 18:53 / 14.11.2020
7350
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh maxfiy sun'iy yo‘ldoshini uchirdi

Sun'iy yo‘ldoshning maqsadi, orbitasi, o‘lchami va boshqa xususiyatlari ma'lum qilinmagan. Uning narxi milliard dollar deb baholanmoqda.

Foto: space.com

United Launch Alliance kompaniyasi Kanaveral burunidan NROL-101 maxfiy sun'iy yo‘ldoshini tashuvchi Atlas V og‘ir raketasini uchirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sun'iy yo‘ldosh AQSh milliy harbiy-kosmik razvedka boshqarmasiga qarashli.

Sun'iy yo‘ldoshning maqsadi, orbitasi, o‘lchami va boshqa xususiyatlari ma'lum qilinmagan. Uning narxi milliard dollar deb baholanmoqda.

Bunday turdagi sun'iy yo‘ldoshlarning missiyasi va imkoniyatlari sir saqlanadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, og‘irligi olti tonnaga yetadigan NROL-101 radioelektron razvedka sun'iy yo‘ldoshi hisoblanadi.

Mavzuga oid