Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada koronavirus yuqtirish holatlari ko‘payganligi sababli maktablar yopiladi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maktablarning yopilishi eng so‘nggi chora bo‘lishi kerakligini bildirgandi.
Gretsiya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi ortidan barcha maktablar yopilishini e'lon qildi. Bu haqda Gretsiya sog‘liqni saqlash vaziri Vasilis Kikiliasning bayonotida aytilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, hukumat maktablar faoliyati 30 noyabrgacha to‘xtatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
"Boshlang‘ich maktablarni yopish biz amalga oshirishni istagan oxirgi chora edi. Bu vaziyat qanchalik murakkab ekanligini ko‘rsatadi", - dedi vazir.
OAVning eslatishicha, Gretsiyada o‘rta ta'lim muassasalari allaqachon yopilgan va o‘tgan dushanbadan beri masofaviy ta'lim olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Yevropadagi aksariyat mamlakatlar maktablarni yopmaslikka qaror qilgan.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maktablarning yopilishi eng so‘nggi chora bo‘lishi kerakligini bildirgandi.
Oktyabr oxiridan buyon Gretsiyada koronavirus bemorlarining vafot etishi holatlari uch baravarga, sutkalik kasallik yuqtirish holatlari soni ikki baravarga ko‘paygan.
Mavzuga oid
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi
01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi
15:35 / 27.01.2025