Kurash milliy sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi
Prezidentning «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjatda kurash milliy sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish hamda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish;
- kurashni ommalashtirish, uning jahon sporti durdonasiga aylanishiga va Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishiga erishish;
- kurash bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish;
- Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish;
- kurash bo‘yicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish;
- o‘zbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini ko‘rish;
- kurashni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish.
Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi, uni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» hamda 2020-2025 yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlar) tasdiqlandi.
Konsepsiyaning asosiy maqsadi kurashni Yevropa, Afrika va Panamerika qit'aviy o‘yinlari qatoriga rasman kiritish va xalqaro «GAISF-Global Association of International Spors Federations» tashkilotining e'tirofiga sazovor bo‘lish, shuningdek 2028 yilgacha uni Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritishdan iborat.
2020 yildan boshlab har yili 1 marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha «O‘zbek polvoni» respublika musobaqasi o‘tkaziladi.
Hujjat 5.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:35 / 24.05.2024
Har bir viloyat markazida Kurash mahorat maktablari tashkil etiladi
13:35 / 29.04.2023
IIV tarkibida sport kurashlari bo‘yicha maktab faoliyati tashkil etiladi
13:38 / 12.01.2023
Milliy o‘zbek kurashi Afrika o‘yinlari dasturiga kiritildi
23:16 / 04.08.2022