Putin Qorabog‘da halok bo‘lgan tinch aholi va qochqinlar sonini ma'lum qildi

Foto: EPA
Tog‘li Qorabog‘ uchun Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida kechgan janglarda tinch aholi orasidan 4 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi, qochqinlar soni o‘n minglabni tashkil qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi gumanitar masalalarni hal qilish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qildi.
“Janglar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar soni 4 mingdan oshdi, 8 mingdan ko‘proq kishi yaralandi, qochqinlar soni turli ma'lumotlarga ko‘ra o‘n minglabni tashkil qilmoqda, fuqarolik infratuzilmasi, ko‘plab madaniy obektlar vayron bo‘lgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Putin.
Rossiya yetakchisining ta'kidlashicha, ixtilofda jabr ko‘rganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish va osuda hayotga qaytishda yordam berish lozim.
Putin shu maqsadda Rossiya tashqi ishlar vazirligiga Tog‘li Qorabog‘ning gumanitar muammolarini hal qilishda YeXHTning Minsk guruhi, Xalqaro Qizil xoch jamiyati, BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi hamda YuNeSKO bilan aloqani yo‘lga qo‘yish vazifasini topshirgan.
Putin ixtilofni Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya yetakchilarining uch tomonlama bayonoti evaziga to‘xtatishga muvaffaq bo‘linganini qayd qilib o‘tgan. U, shuningdek, “Tog‘li Qorabog‘ ixtilofi” iborasini boshqa qo‘llashga hojat qolmasligiga umid bildirgan.
Mavzuga oid

19:21
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

22:28 / 18.04.2025
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida

00:47 / 18.04.2025
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi

17:23 / 17.04.2025