Foto: Tramp tarafdorlari marshi va unga qarshilar bilan to‘qnashuv
Vashingtonda Donald Trampning minglab tarafdorlari uning saylov natijalari soxtalashtirilgani haqidagi bayonotini qo‘llab-quvvatlagan holda ko‘chalarga chiqishdi.
14 noyabr kuni Vashingtonda minglab kishilar «Tramp uchun marsh» shiori ostida aksiyalarga chiqishdi — ular xuddi Donald Tramp kabi AQSh prezidentligi saylovlari natijalaridan norozi va keyingi prezident demokratlar vakili Jo Bayden bo‘lishini istashmaydi. Namoyishchilar shahar markazidan yurib o‘tib, AQSh Oliy sudi binosigacha borishdi va «ovozlarni o‘g‘irlash»ni hamda «saylovlardagi firibgarliklar»ni bas qilishni talab qilishdi.
Hozirda Amerika sudlari respublikachilar shtabining da'volarini qaytarmoqda, bu esa Jo Baydenga qarshi chiquvchilarning imkoniyatlarini deyarli yo‘qqa chiqarmoqda. Bu vaqtda saylangan prezident jamoasi hokimiyatni o‘tkazish jarayonini boshlashni talab qilib, hukumatni shakllantirishni davom ettirmoqda.
Shu kuni ko‘chalarga Trampning muxoliflari ham chiqishgan. Natijada tomonlar o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqqan, ular bir-birlariga butilkalar uloqtirib, mushtlashishgan. Ikki tomondan ham jabrlanuvchilar bor, politsiya kamida 20 kishini hibsga olgan. «Meduza» «Tramp uchun marsh» va undan keyin boshlangan to‘qnashuvlarga oid suratlarni taqdim etdi.
Mavzuga oid
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
09:02 / 20.11.2024
Qayta saylanmaslik erkinligi: Bayden Kiyevga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda
05:07 / 18.11.2024
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
12:44 / 17.11.2024