Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi 94 foizdan ortiq samaradorlik ko‘rsatganligini ma'lum qildi
Samaradorlik ko‘rsatkichi 30 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan uchinchi bosqich natijalariga asoslangan.
Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksina sinovlarning uchinchi bosqichida 94,5 foiz samaradorlik namoyish etganini ma'lum qildi.
Samaradorlik ko‘rsatkichi 30 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan uchinchi bosqich natijalariga asoslangan.
Avvalroq Pfizer va BioNtech vaksinasi 90, «Sputnik-V» 92 foiz samaradorlik ko‘rsatganligi aytilgandi.
Kompaniyadagilarning qayd etishlaricha, sinovda qatnashganlarning aksariyatida emlashdan so‘ng nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Hozirda yakunlovchi — uchinchi bosqich sinovlari dunyoda bir necha vaksinalarda o‘tkazilmoqda. Rossiyaning «Sputnik V», AQShdagi AstraZeneca, Pfizer va BioNtech kompaniyalari, shuningdek, Xitoyning bir necha vaksinalari shular jumlasidandir.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
00:36 / 14.01.2025
Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi
16:31 / 16.12.2024