Jamiyat | 12:08 / 16.11.2020
11172
2 daqiqa o‘qiladi

“Erim vafot etgandi, endi o‘zim og‘ir dard bilan kurashyapman” – bir mushtiparga yordam beraylik

Inson umri ma'lum vaqt davom etuvchi sayohat, yonimizdagilar esa yo‘lchi yulduz. Agar hayotimizda biz suyangan, ishongan, yelkadosh odamlar bo‘lmasa – hammasi juda murakkablashib ketadi. Bugungi qahramonimizga ham taqdirning sinovlari ko‘p ekan.

– O‘zim ikkinchi guruh nogironiman. Mana 4 yildirki gepatit asorati bo‘lgan jigar sirrozi kasalligi bilan ham kurashib kelaman. Ahvolim kundan kunga yomonlashib bormoqda. Afsuski og‘ir paytlarda menga suyanchiq bo‘ladigan turmush o‘rtog‘im ham baxsiz hodisa tufayli bu olamni tark etgan, – dedi biz bilan suhbatda quyi chirchiqlik Kamola Abdurahmonova.

Ayni paytda Kamolaning boquvchisi yo‘q. Kasalligi sababli uning qorniga suv to‘planadi, shu paytgacha yig‘ilgan suvni dorilar orqali tushurib kelar edi. Lekin hozirgi kunga kelib bunday muolajalar ham foyda bermayapti.

– Endigina 32 yoshga kirdim. Ahvolim bilan tanishgan shifokorlar zudlik bilan jigar almashtirish operatsiyasini o‘tkazish kerakligini aytishgan. Lekin Hindistonda o‘tishi kerak bo‘lgan operatsiya uchun pulim yo‘qligi sababli bu ish orqaga surilib ketyapti. Holatim esa kundan kunga yomonlashyapti. Kun.uz sayti orqali juda ko‘plab bemorlar mushkullari oson bo‘lyapti. Men ham umid bilan saxovatli xalqimizga murojaat qilyapman, iltimos, yolg‘iz boshimni dard bilan yakkalatib qo‘ymang, – ko‘zida yosh bilan so‘zlarini tugatdi Kamola.

 Kamola Abdurahmonovaga tegishli ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600041743567142 (Agrobank, Kamola Abdurahmonova nomida)

Sberbank: 4276380177975567 (O‘runbike Sarsenova nomida)

Visa: 4187 8000 3054 9919 (Kamola Abdurahmonova nomida)

Paynet uchun: +998994364908

 Taqdirning barcha sinovlariga qarshi turib, yashashga intilayotgan, ayni damda ham darddan, ham yolg‘izlikdan tinkasi qurigan Kamolaga yordam beradigan saxovatpesha insonlar oramizda bor. Ular duolari bilan, orttirsalar, ataganlari bilan bir bemorni yo‘qlaydilar albatta.

Abror Zohidov.

Mavzuga oid